Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqand davlat chet tillar instituti bosh binosi SamDUga qaytarilyaptimi?

Viloyat Matbuot uyida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Samarqand davlat universitetining xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori Akmal Axatov ushbu savolga javob berdi.

- Aslida bu mish-mish emas, shunday loyiha bor. Lekin hali tasdiqlangani yo‘q, - dedi A.Axatov. - Rektorimiz bulvarning barcha binolarini universitet kampusi sifatida bo‘lishi uchun harakat qilmoqda. Shu maqsadda hukumatga bevosita murojaat qilyapti. Buning hech qanday yashiradigan joyi yo‘q. Bulvarda o‘quv binolari bilan birga mehmonxonalar ham bor. Mehmonxonalar bizga xalaqit bermaydi, ammo o‘qituvchi va talabalar o‘quv binolariga borib kelishida vaqt yo‘qotadi.

Agar xorijiy nufuzli universitetlarni ko‘rsak, kampus deganda, binolar bir joyda joylashgan. Hech bo‘lmaganda o‘quv binolari yaqin masofada qurilgan.

Mening tushunishim bo‘yicha Samarqand davlat chet tillar institutining binosi olib qo‘yilganda ham, institut binosiz qolmaydi. Chet tillar institutiga xuddi shu binoga mos o‘quv binosi beriladi. Bu masala bo‘yicha ish olib borilyapti, ammo hozircha hukumat tomonidan qaror qabul qilingani yo‘q.