Samarqand davlat universitetida kasbiy (ijodiy) imtihonlar bo‘lib o‘tmoqda
- 10.07.2024 17:29
- 70
- Ta’lim

Samarqand davlat universitetida dizayn (kompyuter grafikasi, badiiy foto), cholg‘u ijrochiligi: xalq cholg‘ulari (zarbli cholg‘ular) yo‘nalishlari bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar o‘tkazilmoqda.
Abituriyentlar ikki bosqichda o‘z bilimlarini sinab ko‘rishmoqda.
Imtihonlarning adolatli va shaffof tarzda o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari va jamoatchilik vakillari jalb etilgan.
Ota-onalar uchun alohida xonalar tashkil etilib, jarayonlarni jonli efirda kuzatib borish imkoniyati yaratilgan.
Imtihon komissiya a’zolari Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti hamda O‘zbekiston davlat konservatoriyasining malakali mutaxassislaridan iborat.
Ma’lumot uchun, imtihon natijalari bugun samdu.uz sayti orqali e’lon qilinadi.
***
Shavkat AKRAMOV olgan suratlar.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
O‘zbek tili rivoji uchun qachon qayg‘uramiz?
- Kecha, 19:08
- Jamiyat
Samarqandlik mas’ullar milliy libos kiydi
- Kecha, 17:22
- Jamiyat
Maktablarda kasb-hunar to‘garaklari ochilganmi?
- 08/02, 13:55
- Samarqand
Navoiy siymosiga ehtirom ko‘rsatildi
- 08/02, 12:03
- Samarqand