Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqand davlat universitetida xorijiy talabalar uchun turarjoy binosi foydalanishga topshirildi

Samarqand davlat universitetida xorijiy talabalar uchun 200 o‘rinli yangi talabalar turarjoyi qurib, foydalanishga topshirildi. 

Loyiha qiymati 12 milliard 867 million 749 ming so‘m bo‘lgan ushbu yotoqxona qurilish ishlari “Mega temir beton” mas’uliyati cheklangan jamiyati quruvchilari tomonidan amalga oshirildi.

– Ushbu bino Prezidentimiz taklif va tavsiyalari asosida bunyod etildi, – deydi universitet prorektori Ismoil Rahmonov. – Yotoqxonada talabalar uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Xususan, alohida yuvinish xonalari, har qavatda 2 tadan oshxona, ma’naviyat, dam olish va darsxonalar talabalar ixtiyorida.

Shuningdek, universitetimizga qarashli barcha yotoqxonalarda yoshlarning ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusning ijrosi bo‘yicha xonalar ajratilgan bo‘lib, ular zarur vositalar bilan ta’minlangan. Xususan, bugungi kunda barcha yotoqxonalardagi oshxonada zamonaviy elektr pechlari, kir yuvish xonalarida so‘nggi rusumdagi kir yuvish mashinalari, yuvinish xonalarida alohida issiq suv beruvchi uskunalar bilan ta’minlangan.

Baxtiyor Mustanov.