Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

“Samarqand HETK”: Kuz-qishda elektr ta’minotida uzilish bo‘lmasligi uchun barcha choralarni ko‘ryapmiz

Joriy yil 28 avgust kuni Zarnews.uz sayti va telegram kanalida “Bu yilgi qishda ham elektr ta’minotida “lip-lip” o‘yini bo‘ladi?” sarlavhasi bilan maqola e’lon qilingan edi. Maqolada ko‘tarilgan masala yuzasidan “Samarqand hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ quyidagilarni ma’lum qiladi:

“Samarqand hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan viloyatdagi iste’molchilarga elektr energiyasini yetkazib berish va uning barqarorligini ta’minlash hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha bir qator amaliy chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. 2020/2021 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan joriy yilning o‘tgan davri mobaynida 2156,3 kilometr masofada (77,9 %) elektr uzatish tarmoqlari (reja 2 767,0 kilometr) va 648 dona (82,2 %) transformator punktlari mukammal ta’mirlandi.

Shu bilan birga, kuz-qish mavsumiga elektr uskuna va tarmoqlarni tayyorlash maqsadida 5 534,0 kilometr masofada elektr uzatish tarmoqlari va 1 575 dona transformator punktlarida joriy ta’mirlash ishlarini amalga oshirish rejalashtirilgan bo‘lib, bugungi kunga qadar 4 320,3 kilometr (77,1 %) masofada elektr uzatish tarmoqlari va 1 257 dona (79,8 %) transformator punktlari joriy ta’mirlandi va ishlar davom etmoqda.

Shuningdek, elektr uzatish tarmoqlari bo‘yicha reja asosida jami 381,1 kilometr masofada elektr tarmog‘i qurilishi rejalashtirilib, amalda 283,9 kilometr masofada tarmoq qurildi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 23 noyabrdagi “2017-2021 yillarda past kuchlanishli elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish va yangilash dasturi to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida 2020 yilga mo‘ljallangan manzilli dasturga muvofiq, viloyat bo‘yicha 272 dona transformator punktlari o‘rnatilishi rejalashtirilgan bo‘lib, bugungacha 225 dona transformator o‘rnatildi.

2020/2021 yillar kuz-qish mavsumi davrida Samarqand viloyati bo‘yicha elektr energiyasi iste’molchilarini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash yuzasidan barcha zaruriy choralar ko‘rilmoqda.

“Samarqand HETK” AJ matbuot xizmati.