Samarqand shahar ko‘chalarida qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi
- 26.11.2021 10:30
- 177
- Samarqand

Ijtimoiy tarmoqlarda "Malibu" rusumli avtomobil haydovchisi transport vositasining davlat raqam belgisini o‘zboshimchalik bilan yechgan holda Samarqand shahar ko‘chalarida qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib yurganligi aks etgan videolavha tarqaldi.
Video Samarqand viloyati IIB yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan o‘rganildi.
Qoidalarni qo‘pol tarzda buzib harakatlangan haydovchiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 125 hamda 128⁵-moddasi tartibida ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
"Malibu" avtomobili vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga joylashtirildi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Dunyoni yaxshilar obod qiladi
- 2 soat avval
- Mutolaa
Туркияда Гермеснинг мармар ҳайкали топилди
- Kecha, 20:45
- Xorij
Iste’molchi doim haq
- Kecha, 17:14
- O‘zbekiston