Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqand shahri ichki yo‘llarining yana 65 kilometri yil yakuniga qadar asfalt qilinadi

Samarqand shahrida 1821 ta ko‘cha mavjud bo‘lib, ulardagi yo‘llarning uzunligi 848,06 kilometrni tashkil etadi.
Mazkur yo‘llarning 444,6 kilometri shaharning markaziy ko‘chalari va unga tutash ichki ko‘chalar bo‘lsa, 403,4 kilometri mahalla ichki ko‘chalari hisoblanadi. 2015-2018 yillar mobaynida 110,1 kilometr yo‘lda ta’mirlash-qurilish ishlari bajarildi.

Joriy yilda esa 95,0 kilometr ichki yo‘llar ta’mirlandi va yil yakunigacha yana 65,0 kilometr yo‘lga asfalt yotqiziladi.

Samarqand shahar hokimligi axborot xizmati.