Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqand shahri kuni qanday nishonlanadi?

Samarqand viloyati hokimligida shu munosabat bilan o‘tkazilgan tahliliy suhbatda Erkinjon Turdimov vazifani aniq qo‘ydi:

- «O‘tmishi sharafli, buguni farovon, kelajagi nurli maskan» shiori ostida chiroyli, mazmunli bayram tashkil etilishi kerak. Toki, bu shaharda yashovchi har bir fuqaro va mehmon bayram shukuhini his qilsin.

Shuningdek, hokim 18 oktyabr - Samarqand shahri kuni oldidan bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar haqida to‘xtaldi.

- Avvalo, shaharni bayramga munosib tarzda tayyorlab, uni obod qilaylik, bezaylik, - dedi E.Turdimov – Istirohat bog‘lari, Teatr maydoni, Registon majmuasi, Kimyogarlar san’at saroyi va aholi maskanlarida bayram tadbirlari uyushtiriladi. Ularda taniqli san’atkorlar, ijodkorlar chiqish qiladi, osh sayli o‘tkaziladi.

17-20 oktyabr kunlari shahardagi maxsus joylarda «Tabiat saxovati» yarmarkasi bo‘ladi.

Saytimizni kuzatib boring, biz tadbirlar haqida ma’lumot berib boramiz.