Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqand shahri kuni tadbirlari doirasida osh tanlovi, sport musobaqalari ham bo‘ladi

Albatta, tadbirlar avvalida “Samarqand shahar kuni” bayrami munosabati bilan Amir Temur maqbarasida qurbonlik hamda Qur’on tilovati qilinib, Sohibqiron haykali poyiga gul qo‘yish tadbirlari o‘tkaziladi.

17-20 oktyabr kunlari shaharda viloyatimizda yetishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va chuqur qayta ishlangan iste’mol mollari asosida “Tabiat saxovati” yarmarkasi tashkil etiladi.

Viloyat musiqali drama teatri oldida, Alisher Navoiy va «Yoshlik» istirohat bog‘larida, Kimyogarlar shaharchasi va «Mo‘’jiza» amfiteatrida konsert dasturlari namoyish qilinadi.

Kasb-hunar kollejlari va umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida “Aziz shahrim-Samarqand” va “Men Samarqand farzandiman” mavzusida insholar tanlovi o‘tkaziladi. Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi ta’lim muassasalari bilan birgalikda she’riyat kechalari uyushtiradi. Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi futbol, voleybol, basketbol, stol tennisi, suzish va badiiy gimnastika bo‘yicha viloyat birinchiligi musobaqalarini o‘tkazadi.

Alisher Navoiy nomidagi istirohat bog‘ida oshpazlar o‘rtasida osh tanlovi bo‘lib o‘tadi.