Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqand shahri oqava suv tarmoqlari Jahon banki mablag‘lari hisobidan ta’mirlanmoqda

Ayni kunlarda Samarqand shahri Rudakiy ko‘chasida joylashgan suvlarni tozalash inshootiga yetkazib beruvchi “SP-3” markaziy nasos stansiyasi Jahon banki mablag‘lari hisobidan qayta ta’mirlanmoqda.

“SP-3” stansiyasida bugun zamonaviy rusumdagi suvni ko‘tarib beruvchi  nasoslar o‘rnatilmoqda. Buning natijasida shahar oqava suv tizimidagi ishlarning sifati yanada oshadi.

Eslatib o‘tamiz, Samarqand shahrida suvni ko‘tarib berishga mo‘ljallangan ana shunday 5 ta nasos stansiyasi mavjud bo‘lib, ular oqava suvlarni bir joyda to‘plab, qayta ishlaydi va markaziy oqava tarmog‘iga yetkazadi.

Samarqand viloyati "Suvoqava" DUK axborot xizmati.