Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqand shahri «turistik xab»ga aylantiriladi

Samarqand tumanida Prezident Shavkat Mirziyoyev viloyat faollari, sektorlar rahbarlari, nuroniylar, fermer va tadbirkorlar bilan uchrashdi. 

Davlatimiz rahbari mazkur viloyatga safardan asosiy maqsad turizmni rivojlantirish, tadbirkorlik va qayta ishlashni kengaytirish ekanini ta’kidladi. Xususan, Samarqand shahrini «turistik xab»ga aylantirish zarurligini aytib, Bosh vazir o‘rinbosari va viloyat hokimiga shu yuzasidan ko‘rsatmalar berdi.

Tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha 23 iyulda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan tizim asosida ishlab, muhitni o‘zgartirish, tadbirkorlarga hamma sharoitni yaratib berish zarurligi qayd etildi. 

Prezident hokimlar va sektorlar rahbarlari bilan suhbatlashib, har bir tuman iqtisodiyotini alohida muhokama qildi. Ularning takliflarini amalga oshirish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berdi.