Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqand shahrida 17 kilometr ichimlik suvi tarmog‘i yangilandi

Samarqand shahrining ayrim hududlaridagi ichimlik suvi quvurlari eskirgani bois ularni almashtirish ishlari olib borilmoqda va qo‘shimcha suv o‘tkazish quvurlari o‘rnatilyapti.

Jumladan, joriy yilning o‘tgan davrida 17 kilometr ichimlik suvi tarmog‘i o‘tkazilib, 3,3 kilometrlik tarmoqda mukammal ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Bu orqali O‘zbekiston, Chuquryo‘l, Bobur Mirzo, Sadriddin Ayniy, Eski qaladarxona, Urganch, Beruniy, Nurli yo‘l ko‘chalarida hamda Sartepa, Sug‘diyona maskanlari va Kimyogarlar qo‘rg‘oni hududida ichimlik suvi ta’minotini  yaxshilashga erishildi.

Yaqin kelajakda yana 5 ta hududda ichimlik suvi tarmoqlari yangilanadi va 40 mingga yaqin aholining suv ta’minoti yanada yaxshilanadi.

Samarqand shahar hokimligi axborot xizmati.