Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqand shahrida 64 ta valyuta ayirboshlash bankomatlari o‘rnatildi

Viloyat hokimining o‘rinbosari B.Nurullayev viloyat Kengashi deputatlariga qilgan hisobotida 2018 yilda sayyohlar tashrifi ko‘p kuzatilgan maskanlarda “Wi-Fi” zonalari, axborot markazlari, sayyohlar uchun simkartalar, turistik xaritalar, 64 ta valyuta ayirboshlash bankomatlari o‘rnatilganligini ma’lum qildi.

Shuningdek, Samarqand shahrining turistik xaritalari, buklet, flayer va kitobchalar ishlab chiqarilib, axborot markazlari orqali bepul tarqatilishi yo‘lga qo‘yilgan.