Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqand shahrida bahodirlar o‘yini va tosh ko‘tarish bo‘yicha O‘zbekiston kubogi musobaqalari bo‘lib o‘tdi (foto)

Registon maydonida o‘tkazilgan musobaqada yurtimizning 150 nafarga yaqin sport faxriylari, yoshlar va imkoniyati cheklangan sportchilar bellashdi.

Osiyo bahodirlar o‘yini va tosh ko‘tarish federatsiyasi prezidenti A.Najmiddinov bunday bellashuvlarni umumiy o‘rta ta’lim hamda bolalar-o‘smirlar sport makatablarida, oliy o‘quv yurtlarida uyushtirish orqali yoshlarning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish lozimligi xususida so‘z yuritdi.

Polvonlar musobaqaning toshni siltab ko‘tarish, 170 kilogramm og‘irlikdagi moslamani hamda 300 kilogramlik yukni 18 metr masofaga olib borish, 110 va 200 kilogramm shtangani, 80 kilogramm toshni (gantel) bir daqiqada eng ko‘p ko‘tarish va 17,5 tonna bo‘lgan yuk avtomashinasini 20 metr masofaga tortib borish shartlari bo‘yicha kuch sinashdi.

Bahodirlar o‘yini yakuniga ko‘ra, surxondaryolik polvon Ibrohim Nazarov mutlaq g‘olib, deb topildi. Samarqandlik Olimjon Rahmatov esa ikkinchi o‘rin bilan kifoyalandi.

Husan ELTOYeV.