Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqand shahrida bugun kechgacha ichimlik suvi ta’minoti tiklanishi aytilmoqda

Joriy yilning 24 may, ertalab soat 6:00 dan - 26 may kech soat 23:00 gacha Samarqand shahrining ayrim mahallalarida ichimlik suvining uzatilishi vaqtincha to‘xtatilishi haqida e’lon berilgan edi.

“Samarqand suv ta’minoti" MChJ shahar bo‘limidan berilgan ma’lumotga ko‘ra, ichimlik suvi bilan ta’minlovchi yangi tarmoqlarning qurilish ishlari yakuniga yetkazilgan. Ayni paytda mazkur tarmoqlarni shahar markaziy ichimlik suv tizimiga ulash hamda gidravlika tizimini tiklab, foydalanishga qabul qilish bo‘yicha ishlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

Bugun, 27 may kuni davomida shahar aholisining ichimlik suvi ta’minoti qayta tiklanadi.