Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqand shahrida "Daraxt ek - hayotingni yashnat!" shiori ostida ekologik marafon bo‘ldi

Samarqand viloyatining shahar va tumanlarida, ko‘cha va xiyobonlarda manzarali daraxt ko‘chatlarini ekish, ularni parvarish qilish madaniyatini shakllantirish maqsadida “Daraxt ek! - Hayotingni yashnat!“ shiori ostida o‘tkazilayotgan aksiya doirasida Samarqand shahrida ekologik marafon bo‘lib o‘tdi.

Samarqand viloyati uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi hamda “Ovozi Samarqand” gazetasi hamkorligida tashkil etilgan yurish marafoni ishtirokchilari Ko‘ksaroy maydonidan Universitet xiyoboni va Xoja Ahrori Valiy ko‘chalari orqali Nodir Devonbegi madrasasigacha bo‘lgan asosiy ko‘chalarda harakat qildi.

 Shahrimizni bugungi qiyofasini yashnatib turgan manzarali daraxtlarni asrab-avaylash, yangi ko‘chat va gullarni ekish, ekologik madaniyatni yuksaltirish orqali atrof-muhitni toza saqlash maqsadida tashkil etilgan tadbirda mehnat faxriylari, davlat va jamoat tashkilotlari xodimlari, faol yoshlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.