Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqand shahrida galakonsert: Do‘stlik festivalida turli millat vakillari milliy raqslari bilan qatnashdi

Samarqand shahridagi Yoshlar markazida “O‘zbekiston – umumiy uyimiz” an’anaviy madaniyat va do‘stlik festivalining yakuniy galakonserti bo‘lib o‘tdi.

Unda elimiz suygan san’atkorlar va viloyatimizdagi milliy-madaniy markazlarning badiiy-folklor jamoalari tomonidan konsert dasturi namoyish etildi.

Shuningdek, festivalning Samarqand viloyati bosqichida ishtirok etgan milliy-madaniy markazlar jamoalari turli nominatsiyalar bo‘yicha tashkilotchilarning diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.