Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqand shahrida harbiylar ham Yangi yiloldi ko‘rgazmali chiqishlarini boshladi (foto)

Kecha, 25 dekabr kuni Samarqand shahrida harbiylar tomonidan Yangi yil oldi ko‘rgazmali chiqishlari boshlandi. Ushbu ko‘ngilochar dastur 15 yanvar kuniga qadar davom etadi. Bu haqda Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati ma’lum qildi.

Dastlab askarlar Vatanga qasamyod qilishdi. Yigitlik qasamyodining mazmun-mohiyatini yig‘ilganlarga sahna ko‘rinishi orqali namoyish etishdi.

Viloyat musiqali drama teatri sahnasida bo‘lib o‘tgan tadbirda qo‘l janggi chiqishlari va “Bir kuni harbiy xizmatda...” nomli harbiy qatralar tomoshasi muxlislar hukmiga havola etildi.

Shuningdek, tadbirda harbiylar tomonidan Yangi yil sayliga tashrif buyurgan bolajonlarga sovg‘alar ulashildi.

Eslatib o‘tamiz, Markaziy harbiy okrug qo‘mondonligi tomonidan bayramoldi tadbirlari rejaga ko‘ra, haftada ikki kun va dam olish kunlari bo‘lib o‘tadi.