Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqand shahrida “Obod mahalla” dasturi asosida 182 ta yakka tartibdagi xonadon ta’mirlandi

Joriy yilda “Obod mahalla” dasturi asosida So‘lim qo‘rg‘onidagi Yoshlik, Navruz va Chilquduq mahallalarida ta’mirlash ishlari olib borildi.

Dasturga ko‘ra, 182 ta yakka tartibdagi xonadon ta’mirlandi. 5,4 kilometr ichimlik suvi, 4,4 kilometr gaz va 4,7 kilometr elektr tarmoqlari barpo qilindi.

Shuningdek, 3 ta zamonaviy transformator hamda 127 ta beton simtayanchlar o‘rnatildi. Mahallalardagi ta’mirga muhtoj 25,0 kilometr ichki yo‘llarga asfalt yotqizildi.

Qolaversa, 1 ta maktab mukammal ta’mirlandi va qo‘shimcha binolar qurildi, 2 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti rekonstruksiya qilindi.

Samarqand shahar hokimligi axborot xizmati.