Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqand shahrida subsidiya uchun arizalar olish to‘xtatildi

Samarqand shahar davlat xizmatlari markazining zarnews.uz’ga taqdim etgan ma’lumotiga ko‘ra, shaharda joriy yil 8 fevraldan e’tiboran ipoteka kreditiga davlat subsidiyasini olishga ariza qabul qilish to‘xtatilgan.

Aytilishicha, 7 fevral holatiga subsidiya uchun topshirilgan arizalar soni 3532 tani tashkil etmoqda. Arizalarga ilova qilingan hujjatlar asosida ijtimoiy mezonlarga mos kelishini aniqlash va baholash bo‘yicha mas’ul tashkilotlarning xulosalari komissi tomonidan o‘rganib chiqilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, subsidiya olishga mos keluvchi arizalar soni joriy yil uchun ajratilgan subsidiyalar sonidan oshib ketgan. Shu sababdan subsidiya uchun arizalar qabul qilish to‘xtatilgan.