Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqand shahrida turizm bekatlari tashkil etish uchun tanlov e’lon qilindi

Samarqand viloyati turizmni rivojlantirish departamenti tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Samarqand shahridagi Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi va Amir Temur maqbarasi atrofida turizm avtobekatlari tashkil etish uchun tanlov e’lon qilingan.

Bekatlar uchun alohida yer maydoni ajratiladi. Jumladan, Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi yaqinida 350 kvadrat metr, Amir Temur maqbarasi atrofida 650 kvadrat metr avtoturargoh tashkil etiladi.

Turistik bekatlar belgilangan tartibda muntazam ravishda ishlashi lozim.

Bekatlarda quyidagi xizmatlar mavjud bo‘lishi kerak:

- fuqarolar va sayyohlarning mobil aloqa vositalaridan foydalanish imkoniyatining mavjudligi;

- aholi va mehmonlarning qulayligi uchun stansiyani bankomatlar bilan ta’minlash;

- bepul Wi-Fi xizmati,

- nogironlar uchun sharoitlar (pandus);

- bekatda kuzatuv kameralarining mavjudligi;

Tanlovni baholash mezonlari:

- tashkil etilgan yo‘nalishlar soni;

- transportlar soni va sifati;

- tashkil etilgan marshrutlarning narxi.

Mazkur bekatlar va ko‘rsatiladigan xizmatlarni tashkil etish uchun Samarqand viloyati turizmni rivojlantirish departamenti bilan 10 yillik bitim tuziladi.

Tanlov 30 yanvargacha davom etadi.