Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqand shahrida yo‘l qoidasini buzgan haydovchi qidiruvdagi shaxs bo‘lib chiqdi

Viloyat IIB xabariga ko‘ra, YHXB xodimlari tomonidan Samarqand shahar hududidan o‘tuvchi M-37 avtomobil yo‘lida «Spark» rusumli avtomashina to‘xtatilib tekshirilgan.

Tekshirish davomida haydovchiga nisbatan sodir etgan qoidabuzarligi sabab planshet orqali ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirish davomida haydovchi, 1987 yilda tug‘ilgan T.A. Jinoyat kodeksining tegishli moddasida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruvda ekani aniqlangan.

Holat tegishli tartibda rasmiylashtirilib, hududiy IIBga topshirilgan.