Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqand shahrining 7 hududida bayram archalari o‘rnatildi

Yangi 2020 yilni ko‘tarinki kayfiyatda kutib olish maqsadida Samarqand shahrining 7 ta aholi gavjum maskanlarida bayram archalari o‘rnatildi.

Mazkur archalar atrofida shu oyning 15 sanasidan 2020 yilning 15 yanvariga qadar konsert dasturlari va turli xil ko‘ngilochar tomoshalar namoyish etiladi.

Eslatib o‘tamiz, Yangi yil archalari shahrimizdagi Kimyogarlar, So‘lim va Farhod qo‘rg‘onlari hamda viloyat musiqali drama teatri binosining old qismi, Temiryo‘l vokzali, Sartepa maskani va Qorasuv massivida o‘rnatildi.

Samarqand shahar hokimligi axborot xizmati.