Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqand shahrining yangi hokimi shu paytgacha qayerda, qaysi lavozimlarda ishlagan?

Ma’lumotlarga ko‘ra, Umarov Fazliddin Karimovich 1978 yilda Past Darg‘om tumanida tug‘ilgan.

2001 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini, 2006 yilda Davlat soliq qo‘mitasining Soliq akademiyasini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini Samarqandda - “Samvilkoop” tashqi savdo ulgurji bozori hisobchi yordamchisi vazifasidan boshlagan. Keyinchalik Toshkent shahar “Ustoz konsalt” o‘quv-konsultatsiya markazining yordamchi hisobchi-kassiri bo‘lgan.

1999 yildan 2006 yilgacha Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasida turli vazifalarda ishlagan.
Faoliyatini 2015 yilgacha Davlat soliq qo‘mitasida davom ettirgan. Keyinchalik Moliya vazirligi, Hisob palatasida ishlagan.

2019 yilda Davlat soliq qo‘mitasiga qaytib, 2021 yil boshida qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari – Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktori lavozimiga tayinlangan.