Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqand soliq boshqarmasida ishingiz birinchi qavatda bitadi

Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasida o‘tkazilgan matbuot anjumani boshqarma binosi birinchi qavatida tashkil etilgan tadbirkorlik sub’yektlariga xizmat ko‘rsatish markazi faoliyati bilan tanishishdan boshlandi.

– Bugun “Soliqchi – tadbirkorga ko‘makchi” tamoyili asosida ish olib borish talab etilmoqda, – dedi boshqarma boshlig‘i A.Inog‘omov. –  Shundan kelib chiqib, tadbirkorlarga sifatli xizmat ko‘rsatish uchun zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlangan markaz faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Bu yerda 20 nafardan ortiq xodim tadbirkorlik sub’yektlari va jismoniy shaxslarga 7 yo‘nalish bo‘yicha xizmat ko‘rsatmoqda. Ilgari tadbirkor yoki jismoniy shaxs biror bir masala yuzasidan boshqarmaga kelib, muammosiga yechim izlab xonama-xona yurishiga to‘g‘ri kelgan. Endi bunga hojat yo‘q. Hamma masala shu yerning o‘zida hal bo‘ladi. Har bir murojaat tegishliligi bo‘yicha mas’ullar tomonidan ko‘rib chiqiladi. Zalda ovozli kuzatuv kameralari o‘rnatilgan va bu yerdagi jarayonni boshqarma rahbariyati kuzatib turish imkoniyati yaratilgan.

Matbuot anjumani chog‘ida boshqarma rahbar va mas’ul xodimlari 2020 yilgi faoliyat hamda 2021 yilda soliq siyosatida kutilayotgan yangilik va o‘zgarishlar haqida ma’lumot berdi.