Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

"Samarqand-Toshkent" yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib kelayotgan Tojikiston Respublikasi fuqarosidan “gashish” olindi

24 may kuni soat 22:00 larda Chilonzor tumanida joylashgan “Erkin” YPX maskanida xizmat olib borayotgan IIB xodimlari tomonidan "Samarqand-Toshkent" yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib kelayotgan K.U. boshqaruvidagi “Cobalt” rusumli avtomashina to‘xtatilib, tekshirilgan.

Shunda avtomashina yukxona qismida yo‘lovchi - Tojikiston Respublikasi fuqarosi X.A.ning chamadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda polietilen paket bo‘lagiga o‘ralgan va ikki dona yelim idishlarga joylangan o‘tkir hidli moddalar borligi aniqlanib, ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Sud kimyoviy ekspertiza xulosasida X.A.dan olingan sof og‘irligi 8,79 grammga teng “gashish” giyohvandlik moddasi ekanligi ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani bo‘yicha IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi (Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni ko‘p miqdorda qonunga xilof ravishda sotish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, X.A.ga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, hozirda tergov davom etmoqda.