Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqand tumani tugatiladi, Oqdaryo, Past Darg‘om, Samarqand, Toyloq tumanlari va Samarqand shahri ma’muriy-hududiy chegaralari o‘zgaradi

Shuningdek, Samarqand shahri tarkibida Qorasuv, Sug‘diyona, Siyob, Bog‘ishamol, Maroqand tumanlarini tashkil qilinadi. Bu haqda Oliy Majlis Senati qarori normativ-huquqiy hujjatlar portaliga joylashtirildi.

Qarorga ko‘ra, quyidagi tumanlarning ma’lum bir hududi Samarqand shahri tarkibiga kiritiladi: Oqdaryo tumanidan 1 654 gektar, Samarqand tumanidan 12 975 gektar, Pastdarg‘om tumanidan 1 245 gektar, Toyloq tumanidan 1 269 gektar yer maydonlari Samarqand shahri tarkibiga qo‘shiladi. Samarqand shahridan 528 gektar, Samarqand tumanidan 1370 gektar yer maydonlari Pastdarg‘om tumani tarkibiga kiritiladi.

Toyloq tumani tarkibiga esa Samarqand tumani hududidan 29 283 gektar yer maydoni o‘tkaziladi. Samarqand tumani alohida ma’muriy-hududiy birlik sifatida tugatiladi.

Samarqand shahri tarkibida umumiy yer maydoni 8 250 gektar bo‘lgan Qorasuv tumani, umumiy yer maydoni 3 741 gektar bo‘lgan Sug‘diyona tumani, umumiy yer maydoni 4 846 gektar bo‘lgan Siyob tumani, umumiy yer maydoni 3 246 gektar bo‘lgan Bog‘ishamol tumani, umumiy yer maydoni 8 333 gektar bo‘lgan Maroqand tumani tashkil etiladi.