Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqand tumanida 1 gektar yerni 10 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi

Holat yuzasidan firibgarlik bilan bog‘liq jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand tumani bo‘limi tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

Unda fuqaro F.M. tadbirkor A.ga o‘zini hokimlik idoralarida ishlashini aytib, tuman hududidan ishlab chiqarish sexi qurish uchun 1 gektar yer maydoni olib berishni va’da qilgan. O‘zaro kelishuvga ko‘ra, F.M. tadbirkor A. ning 10 ming AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.

"Ish" bitmagach, F.M. 5 ming AQSh dollarini o‘z ixtiyori bilan qaytarganligi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabariga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168–moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.