Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqand tumanida "Baliq sayli" o‘tkaziladi

Joriy yilning 9 noyabr kuni gastronomik turizmni ommalashtirish maqsadida Samarqand tumanida "Baliq sayli" bo‘lib o‘tadi.

Mazkur tadbir doirasida viloyatda yetishtirilayotgan turli xil baliq va baliq mahsulotlari ko‘rgazmasini tashkil etish rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, baliq ovlash bo‘yicha musobaqalar tashkil etiladi.

Samarqand viloyati turizmni rivojlantirish departamenti matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ushbu tadbirga viloyatning barcha aholisi va mehmonlari tashrif buyurishlari mumkin.