Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqand tumanida istiqlolning 28 yilligi nishonlandi

Samarqand tumanida O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligining 28 yilligi tantanalariga bag‘ishlangan bayram shodiyonasi bo‘lib o‘tdi. Bayram tadbirida tuman hokimi Nosir Mavlonov so‘zga chiqib “Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon!” degan ezgu g‘oya ostida juda katta ma’no borligi, chunki ona yurtimizda hukm so‘rayotgan, hech narsa bilan tenglashtirib bo‘lmaydigan buyuk ne’mat bu tinchlik va osoyishtalik ekanligini ta’kidlab o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumati tomonidan olib borilayotgan sa’y-harakat natijasida mamlakatimizning barcha hududlari qatorida Samarqand tumanining qiyofasi ham tubdan o‘zgarmoqda. Tuman markazi, aholi punktlari va uning tevarak atroflari obodonlashtirilib, unga zamonaviy sayqal berilmoqda.

 “Obod qishloq” dasturi doirasida 2019 yil so‘ngiga qadar tumanning 3 ta mahalla fuqarolar yig‘ini hududlarini kompleks ravishda yangilash ishlari amalga oshirilishi belgilangan.

Aholi turmush tarzini yaxshilash maqsadida 2019 yilda
154 ta namunaviy loyihalar asosida uy-joylar qurilib, foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.

 2019 yil Investitsiya dasturiga kiritilgan 7 ta ob’yektlarda 20,7 mlrd.so‘mlik yoki 87 foiz qurilish – ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.

Shundan, joriy yilning o‘tgan 8 oy davomida Gulobod qishloq vrachlik punkti (QVP), 21, 26-umumta’lim muassasalari, 3, 17-maktabgacha ta’lim tashkilotlarida qurilish–ta’mirlash ishlari yakunlanib, foydalanishga topshirildi.

Joriy yilda 3,7 km ichimlik suv uzatish tarmoqlari tortildi. Joriy yilning o‘zida hududdagi 6,5 km xalqaro ahamiyatdagi, 15,6 km viloyat va mahalliy ahamiyatdagi hamda 4,5 km xo‘jaliklararo ichki yo‘llar to‘liq ta’mirlandi, 9,6 km yo‘llarda ta’mirlash ishlari davom ettirilmoqda.

Bundan tashqari Istiqlolimizning 28 yillik bayrami arafasida tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga muvofiq 40 ta kichik va o‘rta biznes va ishlab chiqarish korxonalarining faoliyat ko‘rsatishi uchun barcha qulay sharoitlar yaratib berildi.

Qishloq xo‘jaligi sohasida ham olib borilayotgan islohotlarni amalga oshirib davlatga “G‘alla” sotish majburiyati 104,6 foizga bajarildi.

Shuni alohida qayd etish lozimki, davlatimiz rahbarining viloyatimizga tashrifi chog‘ida bergan topshirig‘iga asosan tuman bo‘yicha 2020 - 2021 yillarda jami 1000 gektar g‘alla maydoni qisqartirilib, o‘rniga eksportbop ekinlar ekilishi rejalashtirildi. Shundan 2020 yil hosili uchun 700 gektar (400 ga suvli, 300 ga lalmi) g‘alla maydoni qisqartirilishi belgilandi. 66 ta fermer xo‘jaligining jami 700 gektar qisqaradigan g‘alla maydonlariga 537 gektar intensiv bog‘, 143 gektariga tokzor, 20 gektariga sabzavot ekinlari joylashtirildi.

Tumanda bugungi kunga qadar jami 6,8 mln. dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya o‘zlashtirilgan. Joriy yil yanvar-avgust oylarida 31,6 mln dollar mahsulotlar eksport qilingan bo‘lib, yillik reja 64,2 foizga bajarilgan.

Samarqand tumani vakillari Jahon va Respublika miqyosidagi sport musobaqalarida, ko‘rik-tanlovlarda, fan olimpiadalarida
60 nafar tumanimiz vakillari ko‘plab sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritdilar.

Bayram dasturi poytaxt va viloyatimiz xushovoz xonandalarining mustaqillikni ulug‘lovchi qo‘shiqlaridan iborat dasturga ulanib ketdi. Zero tinch va obod yurtga to‘ylar, bayramlar yarashadi.