Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqand tumanida subsidiya mablag‘larini talon-toroj qilgan shaxslar aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “E.t.” MChJ rahbari F.N. va boshqalar “Yangijoy” MFY hududida oldindan mavjud bo‘lgan suv qudug‘ini yangidan qurganliklari haqda hujjat tayyorlashgan.

Shuningdek, 30 ta xonadonning tomorqalarini suv bilan ta’minlab jami 177,1 mln so‘mlik qurilish ishlarini amalga oshirilganligi to‘g‘risida soxta dalolatnoma tuzishgan.

Shu tarzda byudjetdan ajratilgan 118,8 mln so‘m subsidiya mablag‘ini o‘zining plastik kartasiga o‘tkazib olib, talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda, deya xabar bermoqda Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.