Samarqand tumanidagi savdo do‘konlaridan birida yong‘in chiqdi
- 29.10.2024 13:57
- 160
- Hodisa

Yong‘in bugun, 29 oktyabr kuni Samarqand tumani Xo‘ja Ahror Valiy mahallasining G‘alaba ko‘chasida joylashgan savdo do‘konlaridan birida sodir bo‘lgan.
Viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berishicha, hodisa haqida soat 09:04 da viloyat FVBga xabar berilgan. Shunga ko‘ra, 3 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb qilinib, soat 09:40 da yong‘in to‘liq bartaraf etilgan.
Yong‘in oqibatida savdo do‘konining shift, tom qismi va kiyim-kechak mahsulotlari yonib zararlangan. Hodisada jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q. Hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Eng muhim 20 ga yaqin xizmat turi bir joyda
- 26 daqiqa avval
- O‘zbekiston
Nuh payg‘ambarimizning mushugi
- Kecha, 21:47
- Mutolaa
Madaniy muxtoriyatdan siyosiy muxtoriyat sari
- 19/04, 16:06
- Maslahat