Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqand tumanidagi “snos”dan hech bir fuqaroning norozi bo‘lishiga o‘rin yo‘q

Xabaringiz bor, davlatimiz rahbari topshirig‘iga asosan Samarqand eshkak eshish kanali atrofida jami 320 gektar maydonda turistik markaz qurilishi boshlandi.

Ushbu jarayonda ayrim turar va noturar joylar “snos”ga tushib, buzilmoqda. Shuning uchun har xil tushunmovchiliklar yuzaga kelayotgani, bu masala ijtimoiy tarmoqlarda turlicha yoritilayotganidan ko‘pchilik xabardor.

Avvalo, turar va noturar joylar davlat ehtiyojlaridan kelib chiqib buzilayotgani, odamlarni norozi qilmaslik, ishlarning qonuniy asosda amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida tumanimizdagi Joyisoy hamda Qo‘shtamg‘ali mahallalarida shtab tashkil qilindi. Shtab ishini tuman hokimi sifatida o‘zim muvofiqlashtirib boryapman.

Masalan, o‘tgan davr mobaynida turistik markaz qurilayotgan hududda 74 ta turar, 11 ta noturar ob’yektlar buzildi. "Grand Real Profi" MChJ baholash korxonasi tomonidan ushbu ob’yektlarning har biri bozor narxida baholandi va buzilgan har bitta turar va noturar joy uchun tovon pullari to‘lab berildi.

Aytmoqchi bo‘lganim, davlat ehtiyoji, xalq manfaati uchun qurilayotgan mazkur turistik markazni bunyod etishda fuqarolarning norozi bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Nosir MAVLONOV,

Samarqand tumani hokimi.