Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqand viloyat hokimi Erkinjon Turdimov: “Samarqand davlat universitetining ulug‘ligi, avvalo, uning yoshida...”

Viloyat hokimi Erkinjon Turdimov bugun “Bilimlar kuni” munosabati bilan Samarqand davlat universitetida bo‘lib, talabalar va professor-o‘qituvchilar bilan uchrashdi. Ularni yangi o‘quv yili bilan tabrikladi.

Tadbirda so‘zga chiqqan E.Turdimov jumladan shunday dedi:

“Samarqand davlat universitetining ulug‘ligi, avvalo, uning yoshida, o‘zida noyob, ma’rifiy an’analarni mujassam etganida, qadimiy shaharning eski va yangi qismini bog‘lab turganida, bu yerda ne-ne allomalarning tahsil olgani va ta’lim berganida, qolaversa, go‘zal, xushhavo xiyobonda joylashganida.

Akademik shoirimiz G‘afur G‘ulom bu dorilfunun haqida yozgan she’rida “Jahonga jamoli jahon oroni Yetkazib berguvchi beshigidir u”, deb ta’rif began. Akademik Ibrohim Mo‘minov esa “...men erishgan barcha mavaffaqiyatlarim, o‘zlashtirgan fazilatlarim uchun Samarqand dorilfununi oldida bir umr qarzdorman” degan edi.

Ha, bu universitetda o‘qish, ishlash hammaga nasib etavermaydi. Shunday ekan, professor-o‘qituvchilar, talabalar ana shu nomga munosib bo‘lishga, SamDU vakilining viloyat hududidagi islohotlarda, ijtimoiy hayotda faol bo‘lishi, bu jarayonda barchaga ibrat ko‘rsatishi tabiiy holga aylanishi lozim. Ishonamanki, Yangi o‘quv yilida biz ulardan hayotimizni yanada farovon qilishga arzigulik taklif va tashabbuslar qabul qilamiz”.