Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqand viloyat prokuraturasi dam olish maskaniga ega bo‘ldi

Bugun Urgutning tog‘li, xushhavo va go‘zal maskani bo‘lgan Omonqo‘ton mavzesida Samarqand viloyat prokuratura tizimi xodimlari uchun dam olish maskani foydalanishga topshirildi.

- Ushbu maskan Bosh prokuratura hamda viloyat hokimligi ko‘magida 8 oyda bunyod etildi, - deydi viloyat prokurori F.Zufarov. – Ilg‘or xodimlarga rag‘bat tariqasida bu yerda oilasi bilan bepul hordiq chiqarishga yo‘llanma beriladi. Shuningdek, tarmoq faxriylari ham yiliga bir bor xushhavo tog‘ bag‘rida bir hafta dam olishlari mumkin.

O‘zbekiston Qahramoni H.Normurodov dam olish maskani ochilishi munosabati bilan prokuratura xodimlarini mashaqqatli, mas’uliyatli ishlariga omad tiladi.