Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqand viloyat sudlari rahbarlari Payariq va Oqdaryo tumanlarida sayyor qabul o‘tkazadi

Samarqand viloyati fuqarolik, jinoyat, iqtisodiy va ma’muriy sudlari raislari joriy yilning 6 sentyabr kuni soat 10:00 dan 12:00 gacha Payariq tuman Xalq qabulxonasida, shu kuni soat 14:00 dan 16:00 gacha Oqdaryo tuman Xalq qabulxonasida sayyor qabul o‘tkazadi.

Sayyor qabulda tadbirkorlar va fuqarolar o‘z yechimini topmayotgan, qo‘shimcha o‘rganishni talab qilinadigan masalalar bo‘yicha jinoyat, ma’muriy, fuqarolik va iqtisodiy sudlari viloyat rahbarlariga shaxsan murojaat qilishlari mumkin.