Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi rahbari o‘zgardi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 20 sentyabrdagi farmoyishi bilan Samarqand viloyati bojxona boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi.

Farmoyishga asosan bojxona xizmati polkovnigi Doniyor Tavakkaljonovich Yusupov Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Bunga qadar Doniyor Yusupov Jizzax viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i lavozimida xizmat olib borgan.