Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqand viloyati hokimining QARORI

QATTIQ MAIShIY ChIQINDILARNI TO‘PLASh VA OLIB ChIQIB KETISh BO‘YIChA XIZMATLAR UChUN MAJBURIY TO‘LOV, ShUNINGDEK, YuRIDIK ShAXS VA YaKKA TARTIBDAGI TADBIRKORLARGA MAIShIY ChIQINDILARNI TO‘PLASh VA OLIB ChIQIB KETISh BO‘YIChA KO‘RSATILADIGAN XIZMATLAR UChUN TO‘LOV TARIFLARINI BELGILASh TO‘G‘RISIDA

  “Chiqindilar to‘g‘risidagi”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002 y., 4-5-son, 72-modda) 11-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 28 oktyabrdagi “Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni deklaratsiya qilish (tasdiqlash) va belgilangan tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 239-son (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010 y., 42-43-son, 364-modda) va 2019 yil 6 fevraldagi “Chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 95-son qarorlariga asosan viloyatning shahar va tumanlari hududidagi maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish xizmatlarini takomillashtirish, hududlarning ekologik va sanitariya holatini yanada yaxshilash maqsadida QAROR  QILAMAN:

  1. Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining 2021 yil 4 noyabrdagi VI-46-85-7-0-K/21-sonli qarori bilan, Samarqand viloyatida qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha xizmatlar uchun majburiy to‘lov, shuningdek, yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkorlarga maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun to‘lov tariflari ma’qullanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
  2. Samarqand viloyatida qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha xizmatlar uchun majburiy to‘lov, shuningdek, yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkorlarga maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun to‘lov tariflari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
  3. Viloyat “Toza hudud” davlat unitar korxonasi, “Maroqand obod” davlat unitar korxonasi, sanitariya jihatidan tozalashga ixtisoslashtirilgan tashkilotlar shahar va tuman hokimliklari bilan birgalikda:

bir oy muddatda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan yaqin hamkorlikda qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni yig‘ish va olib chiqish xizmatini ro‘yxat bo‘yicha abonentlari bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar bilan shartnomalar tuzish va to‘lovlarning o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash bo‘yicha ishlarni samarali tashkil etilishini;

aholi punktlari hududidan qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni olib chiqish xizmati bo‘yicha marshrutlar jadvallarini qayta ko‘rib chiqib o‘rnatilgan tartibda tasdiqlanishini va ushbu jadvallar asosida chiqindilar tashilishini amalga oshirilishini ta’minlasinlar.

  1. Viloyat Moliya bosh boshqarmasi (B.Mirzayev), viloyat G‘aznachilik boshqarmasi (O.Xamdamov) bilan birgalikda:

byudjetdan mablag‘ bilan ta’minlanadigan tashkilotlarning xarajatlar smetasida qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni tashib chiqarish xarajatlari bo‘yicha belgilangan normativlar asosida zarur mablag‘lar rejalashtirilishini;

Viloyat “Toza hudud” davlat unitar korxonasi, “Maroqand obod” davlat unitar korxonasi va sanitariya jihatidan tozalashga ixtisoslashtirilgan tashkilotlari bilan byudjet tashkilotlari o‘rtasida tuziladigan tegishli shartnoma shartlariga ko‘ra mablag‘larni o‘z vaqtida moliyalashtirilishini ta’minlasinlar.

  1. Viloyat televideniyesi (M.Ixtiyorov), “Zarafshon” va “Samarkandskiy vestnik” gazetalari birlashgan tahririyati (F.Toshev), Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi (A.Raimjonov), viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi (D.Jumaniyozov), shahar va tumanlar hokimliklari bilan birgalikda aholining keng qatlamlari orasida fuqarolarning huquqiy va sanitariya-ekologik savodxonligini oshirishga qaratilgan tushuntirish ishlarini tashkil etsin.

Bunda chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish masalalari bo‘yicha teleko‘rsatuvlarda ijtimoiy reklama ma’lumotlarini faol joylashtirish ko‘zda tutilsin.

  1. Viloyat hokimining 2019 yil 25 yanvardagi “Qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish xizmatlari uchun tariflarni belgilash to‘g‘risida”gi 32-Q-sonli qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
  2. Viloyat hokimligi Axborot xizmati – Matbuot kotibi (M.Mirzayev), “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi” davlat unitar korxonasi (A.Anvarov) ushbu qarorni O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilinishini va viloyat hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilishini ta’minlasin.
  3. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish viloyat hokimining o‘rinbosari A.Shukurov zimmasiga yuklatilsin.
  4. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.

 

Viloyat hokimi                                       E.Turdimov.

                  

               2021 yil 24 noyabr.                            165-7-0-Q/21