Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqand viloyati hokimligida kutubxona tashkil etildi

Hokimlik xodimlarining kitobxonlik, mutolaa madaniyatini oshirish maqsadida tashkil etilgan kutubxonadan hozircha 300 dan ziyod badiiy, ilmiy-ommabop asarlar o‘rin olgan. Kitob fondini shakllantirishda Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Zahiriddin Muhammad Bobur va boshqa ulug‘ allomalarimizning davlat siyosati va boshqaruvi, rahbarlik mas’uliyati haqidagi asarlarini to‘plashga alohida e’tibor qaratilgan. Shuningdek, yurtimizda chop etiladigan gazeta va jurnallar joylashtirilgan.

– Bugun xalqimizning kitobxonga munosabatini o‘zgartirish, ularning kitobxonlik madaniyatini oshirishga Prezidentimiz alohida e’tibor qaratmoqdalar, – deydi Samarqand viloyati hokimligi ishlar boshqaruvchisi B.Rahmatullayev. – Hatto, eng yaxshi kitobxonlar Prezident sovg‘asi – avtomobil bilan taqdirlanmoqda. Hokimlik xodimlari ham xalqimiz o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib etmoqda. Bu borada ular shaxsiy ibrat ko‘rsatsa, ayni muddao bo‘ladi. Shu sababli viloyatimiz hokimi tashabbusi bilan ushbu ziyo maskanini tashkil etdik. Bu kutubxonamizning bosh g‘oyasi shunday: kitob – ezguliklar manbai, kutubxona – ezguliklar xazinasi.