Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqand viloyati Kengashining 23-sessiyasida o‘nga yaqin masala ko‘riladi

Viloyat hokimligi katta majlislar zalida xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi sessiyasi boshlandi.

Sessiyani viloyat hokimi, Kengash raisi E.Turdimov boshqarmoqda.

Sessiya kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilgan:

- viloyat hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari J.O‘roqovning “Kambag‘al oilalarni kambag‘allikdan chiqarish, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik sub’yektlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida”gi hisoboti;

- viloyat hokimining turizm va sportni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B.Nurullayevning “Samarqand viloyatida turizmni rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida”gi hisoboti;

- Davlat aktivlarini boshqarish agentligi viloyat hududiy boshqarmasi boshlig‘i S.Mahmarahimovning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 27 oktyabrdagi “Davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilishni jadallashtirish hamda davlat aktivlarini xususiylashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6096-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan hisoboti;

- Markaziy bank Samarqand viloyati bosh boshqarmasi boshlig‘i O.To‘xtayevning “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish davlat dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan loyihalarni kreditlash borasidagi ishlar samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi hisoboti;

- Paxtachi tumani hokimi M.Hamdamovning “Ijtimoiy rivojlanish darajasini baholashning reyting ko‘rsatkichlariga ko‘ra, tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish holatini yaxshilash yuzasidan amaliy chora-tadbirlar dasturining ijrosi to‘g‘risida”gi hisoboti;

- boshqa masalalar.