Samarqand viloyati prokurorining birinchi o‘rinbosari Sarvar Bozorov viloyatimiz aholisiga murojaat yo‘lladi

Assalomu   alaykum,   hurmatli  

Samarqand   aholisi !   Aziz   Yurtdoshlar !

Viloyatimizdagi  mutasaddi  idora   va  tashkilotlar  hamda  xalqimiz  bilan  birgalikda  barcha   sohalarda  qonuniylikni  mustahkamlash,   jinoyatchilikka   qarshi   kurash   borasidagi    ishlarimiz   davom   ettirilmoqda.

Joriy   yilning    fevral   oyida   1312   ta   jinoyat   hisobga   olinib,    ushbu   jinoyatlarning  20   foizi  aniqlanadigan,   30   foizi   oldini   olish   mumkin   bo‘lgan   va   50   foizi   axborot   texnologiyalari   sohasi   bilan   bog‘liq   jinoyatlarni    tashkil   etdi.

Bu   davrda   hisobga   olingan   jinoyatlarning  
411   tasi   yoki   31   foizi   mahalla   hududida   sodir   qilindi.

Aziz   Samarqandliklar !

Davlatimiz   rahbarining   1 va 2-sonli   qarorlari   ijrosi   yuzasidan   ko‘rilgan  choralar  natijasida  o‘tgan   2   oyda   mahallalarimizdagi   kriminogen   vaziyatning   barqarorligini   ta’minlash   borasida   salmoqli   ishlar   amalga   oshirildi.  

Xususan,   keng   jamoatchilik   o‘rtasida   2   mingdan   ortiq  profilaktik tadbirlar o‘tkazilib, mahallalarga   700  ga  yaqin  kamera   va   domofon   o‘rnatildi,   200   ga   yaqin“namunaviy   xavfsiz   uy   va  “namunaviy   xavfsiz  ko‘cha” tashkil  etildi,   3 253 ta ob’yektlar texnik qo‘riqlovga olinib,   102 ta tashvish tugmalari o‘rnatildi.

Ko‘rilgan   profilaktik   choralar   natijasida,   joriy   yilning   o‘tgan   davrida   qotillik,   tan   jarohati   yetkazish,   o‘lim   bilan   bog‘liq   yo‘l-  transport   hodisalari   va   avtotransport   vositalarini   olib   qochish   kabi   jinoyatlarni   oshishiga   yo‘l   qo‘yilmadi.

Shuningdek, viloyatdagi mahallalarning 76 foizida jinoyat   sodir   etilishining   oldi   olindi.

Bundan   tashqari,   2025   yil   2   oyida   viloyatdagi 44   ta   mahallalar “qizil”   toifada   bo‘lgan   bo‘lsa,   joriy   yilning 2   oyida   ushbu   ko‘rsatkich   ikki  baravarga  kamaytirilishiga  erishildi.

Samarqand  shahri,  Pastdarg‘om  va  Samarqand tumanlaridagi  so‘nggi   5   yildagi   kriminogen   vaziyati   murakkab   10   ta   mahallalarning   9   tasi   qizil   toifadan   chiqarildi.  

Viloyat   prokuraturasi   organlari   tomonidan   bundan   buyon   ham   jinoyatlarni   barvaqt   oldini   olish   va   huquqbuzarliklarga   qarshi   kurashish   borasida   amalga   oshirilgan   ishlar,   sodir   bo‘lgan   jinoyatlarning   asl   sabab   va   omillari   kunlik   tahlil   qilinib,   bunga   mas’ul   bo‘lgan   vakolatli   organlarning   faoliyatiga   xolisona   baho   berib   boriladi.

Qadrli  viloyatimiz  aholisi!

Shu   o‘rinda   barchangizning   e’tiboringizni   yana   bir   jihatga   qaratmoqchiman.

Yuqorida   ta’kidlanganidek,   sodir   etilgan   jinoyatlarning yarmini hamon axborot texnologiyalari   sohasi   bilan   bog‘liq   jinoyatlar   tashkil   etmoqda.

Oldini   olish   mumkin   bo‘lgan   jinoyatlarning   salmoqli   qismi   esa,   o‘g‘rilik  va   firibgarlik   jinoyatlaridan   iborat   bo‘lmoqda.

Qadrli  yurtdoshlar !

Jinoyat  qurboni  bo‘lib  qolmaslik  maqsadida, avvalo  extiyotkorlikka  rioya  qilishimiz,   turli aldovlarga  ishonib  qolmasligimiz  lozim.

Notanish  shaxslarning  tekshirilmagan  va  ishonchsiz  va’dalariga  ishonib  qolmang,  shaxsiy  hisoblaringiz  haqida  ma’lumotlarni  berib  qo‘ymang,  plastik  kartalaringiz  kodlari  xavfsizligiga  e’tibor  qarating!

Aziz   Samarqandliklar !

Albatta,  viloyatimizda   jinoyatchilikning   oldini  olishda  va  boshqa   sohalarda  qonuniylikni  ta’minlashda,  eng  avvalo,   mahalla  ahli,   yoshlar  
va  nuroniy  tashkilotlar  faollariga,   jonkuyar  va  vatanparvar  insonlarga,  ularning  amaliy  yordami  
hamda   hamkorligiga   tayanamiz.

Qonunlarga   qat’iy   rioya   etish,   o‘zgalar   huquqi,   sha’ni   va   qadr - qimmatini,   mol - mulki   daxlsizligini   hurmat   qilish   ham   qonuniy,   ham   insoniy   burchimiz   ekanligini   har   doim   yodda   tutishimiz   zarur.

E’tiboringiz   uchun   rahmat!