Samarqand viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i vaksina qabul qildi
- 05.04.2021 10:16
- 162
- COVID-19
Samarqand shahridagi mavjud 11 ta oilaviy poliklinikada 65 yoshdan katta fuqarolar va koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish xavfi yuqori bo‘lgan tibbiyot xodimlarini emlash ishlari davom etmoqda.
Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi jamoasi kecha, 4 aprel kuni koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksina qabul qilib, Samarqand shahridagi oilaviy poliklinikalarda tashkil etilgan aholini emlash jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.
Boshqarma axborot xizmatining xabariga ko‘ra, joriy yilning 1 aprelidan boshlangan emlash tadbirlari davomida vaksina olgan fuqarolarda hech qanday nojo‘ya ta’sir kuzatilgan emas.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Har bir rahbar o‘z maktabida ko‘chat o‘tqazsa...
- Kecha, 18:25
- Ta’lim
O‘rmon va qo‘riqxonalarni qanday asrayapmiz?
- Kecha, 16:32
- Jamiyat