Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqand viloyatida 10 oy davomida 825 ta YTH sodir etilgan

Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi tomonidan 2021 yil noyabr oyigacha bo‘lgan muddatda respublika yo‘llarida sodir bo‘lgan yo‘l transport hodisalari haqida statistik ma’lumot e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, yilning o‘tgan 10 oyi mobaynida jami 7 ming 681ta YTH ro‘y bergan bo‘lib, ularda 1 ming 964 kishi hayotdan ko‘z yumgan bo‘lsa, 6 ming 886 kishi turli darajada tan jarohati olgan.

Ushbu davr mobaynida Samarqand viloyatida 825 YTH yuz bergan.

Yo‘l transport hodisalarining aksariyati, ya’ni 7 ming 479 tasini erkak haydovchilar, 202 tasi esa ayol haydovchilar tomonidan sodir etilgan.