Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqand viloyatida 873 nafar erkak o‘qituvchi maktabga qaytdi

O‘qituvchilarning ish haqi 2019 yil 1 yanvardan 1,5 baravarga oshdi. Hozirgi kunga kelib, oliy toifali o‘qituvchining oylik ish haqi 2 907 556 so‘mni, 1-toifali o‘qituvchining oylik ish haqi 2 653 597 so‘mni tashkil etadi.

Mehribonlik uylari tarbiyachilari va xodimlarining oylik maoshi bazaviy tarif stavkalari 1,5 martaga, oilada tarbiya qilish uchun qabul qilingan har bir bolaga to‘lanadigan to‘lov miqdori (patronat) 1,4 baravar oshirildi.

O‘qituvchi kasbi maqomini oshirish yuzasidan ko‘rilgan choralar natijasida joriy yilda viloyat xalq ta’limi tizimiga 873 nafar erkak o‘qituvchi maktablarga qaytib, faoliyat yurita boshladi.

Umumta’lim muassasalarida mehnat faoliyatini olib boruvchi o‘qituvchilarga nafaqaning to‘liq miqdorda to‘lanishi yo‘lga qo‘yilgach, 94 nafar ishlamaydigan nafaqadagi ustozlar xalq ta’limi tizimiga qaytdi va ularning umumiy soni 656 nafarga yetdi.

O‘qituvchilar tomonidan topshiriladigan hisobotlarga ko‘p vaqt (kuniga 4 soat) ketishining oldini olish maqsadida hisobotni shakllantirish tartibi yengillashtirildi va ular 7 tadan 3 taga qisqartirildi.

Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi axborot xizmati.