Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqand viloyatida ichimlik suvi tarmoqlarining 470 kilometrlik quvurlari muddatini o‘tab bo‘lgan

Komilbek YuSUPOV, Samarqand viloyati "Suvoqava" davlat unitar korxonasi rahbari:

- Viloyatda 3 ming 800 kilometr suv tarmoqlari mavjud bo‘lib, shundan 1 ming 200 kilometri Samarqand shahrida.

Bugunga kelib suv tarmoqlarining 470 kilometrlik quvurlari muddatini o‘tab bo‘lgan. Katta mablag‘ talab etadigan ushbu tarmoqlardagi muammolarni bosqichma-bosqich bartaraf etyapmiz.

Yog‘ingarchilik davrida paydo bo‘layotgan muammolar ham tizimning eng og‘riqli masalalaridan biri sanaladi.