Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqand viloyatida mehnat migrantlariga huquqiy tushunchalar berilmoqda

Xorijiy davlatda qonuniy asosda ishlashning keng imkoniyatlari va yashirin (nolegal) mehnatning salbiy oqibatlari haqida fuqarolar bilan tushuntirish ishlarini olib borish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Ichki ishlar va Adliya vazirliklari bilan hamkorlikda Samarqand viloyatida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.

2019 yil 18 noyabr kuni Samarqand viloyatining eng chekka hududlari – Paxtachi va Narpay tumanlarida xorijdan qaytgan mehnat migrantlari va chet elda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish istagida bo‘lgan fuqarolar bilan ana shunday tushuntirish ishlari tashkil qilindi.

Bandlik va mehnat vazirligi xabariga ko‘ra, ushbu tadbirlar joriy yilning 27 noyabriga qadar davom etadi.