Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqand viloyatida qarzdorligi tufayli 490 kishi va 162 ta transport vositasiga qidiruv e’lon qilingan

Camarqand viloyati bo‘yicha yilning bugungi kuniga qadar qidiruv e’lon qilingan qarzdor fuqarolar soni jami 490 nafarni tashkil etgan bo‘lib, boshqarma qidiruv bo‘limi tomonidan olib borilgan qidiruv tadbirlari natijasida 393 nafar shaxslar topilib va davlat ijrochilariga topshirilgan. Ularning tegishli javobgarlik masalasi hal etilgan.

97 nafar qidiruvdagi qarzdor jismoniy shaxslarning 38 nafari chet davlatlarga ishlash maqsadida chiqib ketgan aniqlangan. Yana 59 nafar qarzdorlarni qidirib topish choralari ko‘rilmoqda. Bu haqda Majburiy ijro byurosi viloyat boshqarmasi qidiruv sho‘’basi inspektori Parvizmirzo QODIROV zarnews.uz’ga ma’lum qilmoqda.

Shuningdek, qidiruv e’lon qilingan avtotransport vositalari soni jami 162 tani tashkil etadi.
Qidiruv tadbirlari natijasida 129 ta avtotransport vositalari topilgan, qolgan 33 ta qidiruvda bo‘lgan avtotransport vositalarini topish bo‘yicha qidiruv olib borilmoqda.