Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqand yana bir xalqaro anjuman mezboni

Avval xabar qilinganidek, 3-5 mart kunlari Samarqand shahrida “Imom Abu Mansur Moturidiy va moturidiya ta’limoti: o‘tmish va bugun” mavzuidagi xalqaro konferensiya o‘tkazilmoqda.
 
Самарқанд яна бир халқаро анжуман мезбони
 
Mazkur tadbirda qatnashish uchun dunyoning yigirmaga yaqin mamlakatidan olimlar, diniy ulamolar, xalqaro tashkilotlar vakillari Samarqandga kelmoqda. Shahardagi mehmonxonalarda mehmonlar uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgan.
 
photo5397996901879623252.jpg
 
Asosiy tadbirlar 3 mart kuni Forumlar majmuasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
 
photo5398103837975358767.jpg
 
Xalqaro konferensiya doirasida mehmonlar Samarqand shahridagi Imom Moturidiy yodgorlik majmuasi va boshqa muqaddas qadamjolar, tarixiy obidalarni ziyorat qilishi, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot majmuasi va Hadis ilmi maktabi bilan tanishishi ko‘zda tutilgan.
 
Alisher Isroilov (surat).