Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqand — "Yilning eng namunali hududi" deb topildi

Poytaxtimizning “Zarafshon” kinokonsert zalida O‘zbekiston Milliy axborot agentligi tomonidan tashkil etilgan “Yil tanlovi - 2019” taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tmoqda.

O‘zA xabariga ko‘ra, marosimda yilning eng namunali hududlari ma’lum bo‘ldi. Hududlar nomi Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov tomonidan e’lon qilindi.

So‘rovnoma natijalariga ko‘ra, Samarqand "Yilning eng namunali hududi" deb topildi. Toshkent shahri va Namangan viloyatlari teng ravishda ovoz to‘plab, II o‘rinni band etdi.

I o‘rin – Samarqand viloyati

II o‘rin – Namangan viloyati

II o‘rin – Toshkent shahri

III o‘rin – Andijon viloyati

III o‘rin – Navoiy viloyati