Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqandda 12 ta birlamchi tibbiyot muassasasi foydalanishga topshirildi

Samarqand viloyatida joriy yilgi Investitsiya dasturiga asosan qurilishi boshlangan 12 ta tibbiyot muassasasi mustaqilligimizning 28 yillik to‘yiga to‘yona sifatida foydalanishga topshirildi.

Jumladan, Paxtachi tumanida 50 qatnovli “Burqut”, 75 qatnovli  “Q.Radjabov”, Nurobod tumanida 75 qatnovli “Ulus”, Bulung‘ur va Qo‘shrabot tumanlarida har biri 100 qatnovli “Xo‘jamazgil” hamda “Shavona” qishloq vrachlik punktlari bugun yurtdoshlarimiz uchun sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishga kirishdi.

Mahalliy hamda investitsiya dasturlariga muvofiq viloyatning yana 25 ta birlamchi tibbiyot muassasalarida qurilish va ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda. Ushbu muassasalar yil yakuniga qadar foydalanishga topshirilishi belgilangan.