Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqandda 2 nafar ishchini tuproq bosib qolishiga tadbirkorning o‘zboshimcha xatti-harakati sabab bo‘lgan

Bugun saytimizda “Samarqand shahrida quvurni ta’mirlayotgan 2 nafar ishchini tuproq bosib qoldi” sarlavhasi ostida maqola e’lon qilgandik. Samarqand “Suvoqova” DUK ushbu masalaga munosabat bildirdi.

Manbada ta’kidlanishicha, ishchilar suv tizimidagi avariyani bartaraf etish chog‘ida, tuproq bosib qolish oqibatida halok bo‘lgan.

“Suvoqova” DUK bu borada o‘rganish olib bordi. Aniqlanishicha, chindan ham maqolada aytilganidek, o‘lim bilan bog‘liq holat yuz bergan. Ya’ni, Bog‘imirzo mahallasida yashovchi tadbirkor o‘z hisobidan mahalladagi tor yo‘llarni kengaytirish va asfalt yotqizib, yangi kanalizatsiya tarmog‘ini tortish uchun joriy yilning 9 noyabr kuni yollanma ishchilar Q.K hamda M.A.larni sheriklari bilan Sadiriddin Ayniy ko‘chasidan kunlik mexnatga haq to‘lashini bildirib olib keladi.

13 noyabr kuni taxminan soat 11:30 larda tortilgan kanalizatsiya tarmog‘i markaziy quduqqa (kolodetsga) ulanish jarayoniga yetganda, baxtsiz hodisa yuz bergan. Shunda eni 70 santimetr, chuqurligi 2 metr qazilgan joyda tuproq devori qulab tushgan. Buning oqibatida yollanma ishchilarni tuproq bosib qolgan va yollanma ishchilar Q.K hamda M.A. hodisa joyida vafot etgan.

Bu tarmoqqa ulanish uchun esa tadbirkorda hech qanday huquqiy asos bo‘lmagan. Ya’ni, ulanish uchun hujjatlarga ega bo‘lmagan, texnik shart olinmagan. Barcha qilinayotgan ishlar tadbirkorning hisobidan amalga oshirilgan.

O‘rganishlar jarayonida bu holatni rasmiylashtirgan va guvohi bo‘lgan hudud proflaktika inspektori bilan ham suhbatlashildi.

“Marhumlarning vafoti yuzasidan olib borilgan ekispertiza xulosasiga ko‘ra, qorin va ko‘krak qafasining qisilishidan o‘lim holati yuzaga kelgan. Marhumlarning oila a’zolaridan hech qanday shikoyat yo‘q va mavjud holat qasddan qilinmagan”, deydi prafilaktika inspektori, katta leytenant Shuhrat Beknazarov.

Bundan ko‘rinadiki, sodir bo‘lgan bu voqeaning “Suvoqava“ davlat uniter korxonasi va uning ishchi-xodimlariga aloqasi yo‘q.

Komiljon YuSUPOV,

Samarqand viloyati “Suvoqava” DUK direktori.